Bugun, 17 yanvar kuni Samarqand viloyati Yoşlar markazida xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlarining qöşma majlisi bölib ötdi. Unda viloyat, tuman va şahar kengaşlaridan 520 nafar deputat, faollar hamda OAV vakillari qatnaşdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Majlisda qatnaşgan Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakili Xudoyor Mamatov taklifi bilan 6-“Mehrobod” saylov okrugidan viloyat kengaşi deputati Suhrob Rafiqov qöşma yiğiliş raisi etib tasdiqlandi.
Kun tartibiga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga Samarqand viloyatidan vakillar saylaş töğrisidagi masala kiritildi.
Qöşma majlisda işçi hay'ati, tuşgan takliflarni hisobga oliş va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylaştiriş uçun majlis kotibiyati, Oliy Majlis Senati a'zoligiga nomzodlar körsatiş böyiça maslahat kengaşi, yaşirin ovoz berişni ötkaziş va uning natijalarini aniqlaş uçun sanoq komissiyasi a'zolari oçiq ovoz beriş yöli bilan saylab olindi.
Maslahat kengaşi a'zolari Senat a'zolarini saylaş böyiça nomzodlarni körib çiqiş uçun alohida xonada yiğilişdi. Maslahatlaşuvdan söng yaşirin ovoz beriş byulleteniga kiritiş uçun Senat a'zoligiga nomzodlar böyiça taklif öqib eşittirildi. Nomzodlarning alohida-alohida eşituvi, muhokamasi va yoqlab ovoz beriş natijalariga köra ularni saylov byulleteniga kiritiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Şundan söng deputatlar yaşirin ovoz beriş kabinalarida Senat a'zoligiga nomzodlar uçun ovoz berdilar.





Sanoq komissiyasi belgilangan tartibda nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab çiqib, natijalarni e'lon qildi. Unga köra quyidagilar köpçilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a'zoligiga saylandi:
17-«Kökgumbaz» saylov okrugidan viloyat kengaşi deputati, Samarqand viloyati hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Gavhar Zayirovna Alimova;












