Bugun, 18 yanvar kuni Toşkent şahrida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşining majlisi ötkazilmoqda. 

Yiğilişda boş vazir lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Abdulla Aripov özining hukumat rahbari lavozimidagi faoliyatida amalga oşirilişi rejalaştirilgan dastur haqida ma’lumot berdi.

Uning sözlariga köra, Özbekistonda yangi aviakompaniya taşkil etiladi.

«Özbekistonda «Humo Air» aviakompaniyasi taşkil etiladi. Aviakompaniya avvaliga respublika içida, amaldagidan ança arzon narxda muntazam aviareyslarni amalga oşirişi möljallangan. Prezidentimiz bu borada hukumatga jiddiy topşiriq berdilar. Bu vazifani 2020 yilda taşkillaştirib, bajaramiz», - dedi Abdulla Aripov.

Bundan oldin, ÖzLiDeP Abdulla Aripovni Özbekiston boş vazirligiga nomzod sifatida körsatgani xabar berilgandi.