Beş yil kiçik muddat emas va u Özbekiston parlamentida muxolifat partiya şakllanişi uçun yetarli muddat. Bu haqda ÖzLiDeP siyosiy kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Hayitov partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylangan deputatlari ta'sis yiğilişidan söng jurnalistlar savollariga javob beriş paytida aytib ötdi.
Partiya rahbari dastlab «Oliy Majlis keyingi beş yillikda xalqning haqiqiy ovozi böla oladimi?», mazmunidagi savolga javob bergan.
«Yangi Özbekiston – yangi saylovlar» deyapmiz. Xöş, nimasi bilan yangi? — Avvalo, yangiça söz erkinligi bilan yangi.
Ikkinçisi, hokimiyatning xalqqa yaqin bölişi. Davlat rahbari ham prezidentlikka saylangan ilk kunlaridan boşlab xalq bilan muloqot qiliş ğoyasini ilgari surmoqda. Mana şu muloqotni biz qöllab quvvatlaşimiz kerak. Ana şunda parlament xalq ovozi böla oladi».
Aktam Hayitovga navbatdagi savol muxolifat partiyalar borasida bölgan. Xususan, «Muxolifat partiyalarning içimizdan yetişib çiqişi haqida köp gapirilmoqda. Xöş, keyingi beş yillik haqiqiy muxolifat partiyalar şakllanişi uçun yetarlimi?», deyilgan savolda.

Partiya rahbari savolga javoban fikrlarini quyidagiça ifodalagan:
«Muxolifatning içimizdan şakllanişi kerakligi borasida prezident ham bir neça bor öz fikrlarini bildirib ötdi.
Haqiqatdan ham, muxolifat partiya özimizning oramizda şakllanib, rivojlanib, yetakçi bölgan partiyalarga nisbatan fikrini dadil ayta oladigan bölib çiqişi kerak. Buning uçun beş yil kiçik muddat emas.
Bunga katta imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, qonun ustuvorligi, söz erkinligi va boşqalar. Albatta, muxolifatning birdan paydo bölişi uçun ma'lum muddat omillar ham kerak. Öylaymanki, mana şu beş yil muxolifat partiya şakllanişi borasida muhim qadam böladi. Bu orqali fikrlar qarama-qarşiligi va muammolarni har taraflama kengroq yeçimlar bilan hal qiliş imkonini beradi», - deya Aktam Hayitov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















