Bugun, 18 yanvar kuni Energetika vazirligi tomonidan taşkil etilgan “Özbekistonda energetika sohasini rivojlantiriş istiqbollari” mavzusidagi oçiq muloqotda energetika vazirining birinçi örinbosari, “Özatom” agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudov sözga çiqdi.

Jörabek Mirzamahmudov

Taqdimot davomida atom energetikasini rivojlantirişning afzalliklari haqida ma'lumot berildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Unga köra:

•  AES quriş va uning ekspluatatsiyasi uçun sarflangan har 1 dollar Özbekiston iqtisodiyotiga örtaça 5-6 dollarni qaytaradi.
•  AES qurilgan hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişiga hissa qöşadi.
•  Yiliga 3,0-3,5 milliard kubometr tabiiy gazni tejaydi.
•  Umumiy energobalansga qöşimça 2,4 GVt elektr energiyasi qöşiladi.
•  AESni quriş loyihasi doirasida katta hajmdagi material va xizmatlar mahalliylaştiriladi.
•  AES qurilişi davrida 8 ming nafardan ortiq kişi, ekspluatatsiya davrida esa 2,5 ming kişi iştirok etadi.
•  Issiqlik gazlari çiqindilari xususan, 14 million tonnagaça karbonat angidrid gazi va 36 ming tonna dioksid azotning atmosferaga çiqarilişi kamayadi.

Tadbirda berilgan ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Özbekistonda elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj 69 mlrd kVt/soatni taşkil etadi.

Respublikada jami 64 mlrd kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqariladi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, 2030 yilda elektr energiyasiga bölgan talab deyarli ikki marta köproq ortadi va 117 mlrd kVt/soatni taşkil etadi.