O‘zbekiston Rossiyadan mehnat muhojirlariga nisbatan amnistiya so‘radi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston hukumati Rossiyadan mehnat muhojirlariga nisbatan amnistiya so‘radi. Bu haqda «Kommersant'» O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga yaqin manbaga tayanib xabar berdi.
«Bir necha yuz ming O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kira olmayapti, chunki ular avval migratsiya qonunchiligini buzgan. Rossiyaga keyinchalik qayta kirishga yo‘l qo‘yilmaydi deb, hududni tark etishga qo‘rqib turgan xuddi shuncha qonunbuzar bor», - deya ta'kidlaydi nashr.
Moskva Toshkentni possovet hududidagi integratsion jarayonlarga, birinchi navbatda, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) jalb etishdan manfaatdor. O‘zbekiston Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyani o‘z ichiga olgan tashkilotga a'zo bo‘lishi mumkinligi o‘tgan yili ma'lum bo‘ldi. Toshkent bu borada hali to‘liq qaror qabul qilmadi va hozirda barcha ijobiy hamda salbiy tomonlarini hisobga olmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning tashrifi arafasida, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi qoshidagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mamlakatning YeOIIga a'zo bo‘lishining afzalliklari va xavf-xatarlari to‘g‘risida birinchi hisobotni taqdim etdilar. Markaz xabariga ko‘ra, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan, YeOIIda ishtirok etish O‘zbekiston biznesi uchun foydalidir. «Ittifoqqa kirgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bir qator mamlakatlar bozorlariga kirish bo‘yicha teng huquqqa ega bo‘lishadi, mehnat muhojirlari uchun sharoit yaxshilanadi, Rossiyaning investitsiya resurslari va texnologiyalaridan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi», - deya hisoblaydi ekspertlar.
Shu bilan birga, «Kommersant'» manbalariga ko‘ra, O‘zbekiston ittifoq bo‘yicha bo‘lajak sheriklarga o‘zining qator tarmoqlari uchun imtiyozli o‘tish davrlariga (ba'zi hollarda o‘n yilgacha) ega bo‘lishni xohlayotganini oldindan bildirib qo‘ydi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

22:30 / 14.04.2025
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?

21:14 / 14.04.2025
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

14:55 / 12.04.2025