Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy boş vazir Aleksey Gonçaruk bilan uçraşuvda mojaroli audioyozuvlar bilan boğliq yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi va Gonçarukning iste'fosini qabul qilmadi.
“Men sizdan iste'foga çiqiş haqida ariza oldim. Oxirgi mojaroli vaziyat sababli men sizga va hukumatingizga, agar siz jamoatçilikni taşvişlantirayotgan ba'zi narsalarni hal qila olsangiz, yana imkoniyat berişga qaror qildim”, deb aytgan Zelenskiy uçraşuvda.
Ukraina prezidenti boş vazirga qöyayotgan vazifalar orasida vazirliklar va davlat kompaniyalarida mehnatga haq tölaşning yangi konsepsiyasini işlab çiqiş bor.
Zelenskiy hukumat a'zolarini noprofessional va nohalol deb hisoblamasligini, biroq Gonçaruk bilan birga “hukumatni kuçaytirmoqçi ekanliklarini” aytgan.
“Men siz bu hukumatni qanday tanlaganingiz, siz va ular bilan gaplaşganimiz esimda. Şu sababli sizdan hukumatdagi zaif joylarni topişni va u yoki bu rahbarni uning malakasi haqidagi ma'lumotlarga tayanib almaştirişni sörayman”, deb ta'kidlab ötgan Ukraina yetakçisi.

Avvalroq YouTube’da Gonçarukning hukumat a'zolari bilan uçraşuvidan yozib olinganligi ta'kidlangan audioyozuv paydo bölgan. Unda göyoki Gonçaruk Zelenskiyni “juda oddiy fikrlovçi, iqtisodiy sohada heç narsani tuşunmaydigan noşud” deb atagan.
Şu mojaro sababli Gonçaruk 17 yanvarda iste'foga çiqişga ariza yozgan. U 3 daqiqali videomurojaat bilan çiqib, audioyozuvning haqiqiyligini na tasdiqlagan va na rad etgan. Uning ta'kidlaşiça, audioyozuv montaj qilingan.
Zelenskiy huquq-tartibot idoralariga audioyozuvni kim tayyorlagani va internetga joylaganini aniqlaş uçun ikki hafta muhlat berdi.
Gonçaruk Ukraina hukumatiga 2019 yil 29 avgustdan rahbarlik qiladi. Bungaça u prezident ofisi rahbari örinbosari bölib işlagan.

















