Sentabale xayriya yiğilişida nutq sözlagan şahzoda Harri buvisini juda qattiq hurmat qilişini aytgan va uni «özining oliy qömondoni» deb atagan.
«Biz qiroliça, hamdöstlik va harbiy uyuşmalarga davlat tomonidan moliyalaştirilmasdan turib xizmat qilişda davom etişimizga umid qilgandik. Afsuski, bu ilojsiz bölib çiqdi», — dedi u.
Şu bilan birga, şahzoda Britaniya uning uyi va sevimli joyi ekani va «har doim şunday bölib qolişi»ni ta'kidlagan.
Avvalroq Bukingem saroyi şahzoda Harri va uning rafiqasi Megan endi qirollik unvonlaridan foydalanmasligini va bundan keyin davlat mablağlarini olmasligini e'lon qilgandi.
Bu şuni anglatadiki, 2020 yil bahoridan boşlab ular endi «zoti oliylari» deb nomlanmaydi. Ammo, ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bölib qoladi, şahzoda Harri tuğilişida meros qolgan unvonini saqlab qoladi.
Harri va Megan şuningdek, Vindzordagi uyni ta'mirlaş uçun Buyuk Britaniya budjetidan sarflangan 2,4 million funtni qaytarib beriş niyatida ekanliklarini bildirişdi.
Bungaça er-xotin ommaviy axborot vositalarining bosimi va haddan taşqari e'tiboridan şikoyat qilişgan va Harri xotinining onasi malika Diananing ölimiga olib kelgan «öşa kuçlar»ning qurboni bölişi mumkinligidan xavotir bildirgandi.
Harri özining Instagram sahifasiga joylagan videonutqida Megan bilan turmuş qurgan vaqtida ikkovi ham «ğayratli, umidlarga töla va [Britaniya tojiga] xizmat qilişga tayyor» bölişgani haqida gapirgan.
«Şunday ekan, hozir men uçun juda qayğuli. Xotinim bilan mening (qirollik vazifalarini bajarişdan) ketişga qaror qilişimiz oson bölgani yöq», — dedi Harri.
«Bir neça oy davom etgan munozaralar, köp yillik undovlardan söng hayotim qiyinçiliklarga duç keldi. Men har doim ham töğri iş qilmaganimni bilaman, ammo hozirgi bosqiçda menda boşqa çora yöq edi», — deydi şahzoda.
Avvalroq, er-xotin vaqtining katta qismini Kanadada ötkazib, ikki mamlakatda yaşaş niyatida ekanliklarini aytişgandi. Hozir Harrining rafiqasi öğli Arçi bilan Kanadaning ğarbiy sohilida yaşamoqda.

















