Avstraliyada yarim yildan buyon töxtamayotgan örmon yonğinlari dunyo jamoatçiligini taşvişga solmoqda.

Hammasi nimadan boşlandi?

Avstraliya iqlimi va tabiiy relefi tufayli qit'ada örmon yonğinlari har yili, mavsumiy tarzda kuzatiladi. Odatda yonğinlar mavsumi materikdagi yoz oylariga töğri keladi – dekabrdan boşlanib, martgaça davom etadi.

Hozir davom etayotgan yonğinlar 2019 yil iyun-iyul oylaridan boşlangan edi. Dekabr oyiga kelib, Yangi Janubiy Uels ştatida favqulodda holat e'lon qilindi – yonğinlar kölami uşbu ştat uçun rekord darajaga yetdi. Tabiiy ofatdan eng köp zarar körgan hudud ham ayni şu ştat.

Sabab nimada?

Asosiy omillar ikkita – rekord darajadagi yuqori havo harorati va bir neça yillik qurğoqçilik. Şuningdek, okean yuzasidagi haroratning ortişi ham vaziyatga ta'sir qilgan.

Misol uçun, 4 yanvar kuni Sidney yaqinidagi Penrit şahrida 48,9 gradus issiq qayd etildi. Bu – şahar tarixidagi eng yuqori harorat. Öşa kuni dunyoning boşqa heç bir yerida bu qadar yuqori issiqlik qayd etilmadi.

Tabiiy ofat natijasida hosil bölayotgan tutun mahalliy iqlimda anomal özgarişlarni keltirib çiqaryapti. Bu esa çaqmoqlar sonining ortişi, natijada yangi yonğin öçoqlarining hosil bölişiga sabab bölmoqda.

Foto: EPA / TASS

Qurbonlar                        

Yonğin qurbonlari soni 30 nafarga yaqinlaşgan. 14 yanvar holatiga köra, 5900dan ortiq bino, jumladan 2600dan ziyod xonadonlar olovdan ziyon körgan.