Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya yong‘inlardan so‘ng tiklanishi uchun kamida yuz yil kerak bo‘ladi
Avstraliya o‘tgan yilning kuzidan buyon davom etayotgan tabiat yong‘inlaridan so‘ng tiklanishi uchun yuz yil kerak bo‘ladi, deb yozmoqda The Sun gazetasi.
O‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Avstraliyani yong‘inlardan avvalgi holatiga qaytarish uchun shuncha vaqt talab qilinadi.
Ayni vaqtda Avstraliya sharqida yuzdan ortiq yong‘in o‘choqlari faolligicha qolmoqda.
Jahon yovvoyi tabiat fondi Avstraliyadagi 13 turdagi jonivorning yashash muhiti yo‘q bo‘lib ketganini ma'lum qildi.
Mamlakatda 2019 yil kuzida ulkan miqyosdagi tabiat yong‘inlari boshlanishi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi va ikki mingdan ortiq uy yonib ketdi. Keyingi bir necha hafta davomida yong‘inlar yanada kuchaydi.
Yong‘in Avstraliyadagi 10 mln gektardan ortiq o‘rmonlarni yo‘q qildi.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026