Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada minglab tuyalarni yong‘inlar vaqtida ko‘p suv ichayotgani sababli o‘ldirishga qaror qilindi
Avstraliya hukumati o‘rmon yong‘inlari vaqtida ko‘p miqdorda suv ichayotgan minglab tuyalarni o‘ldirishga qaror qildi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Avstraliyada hukm surayotgan qurg‘oqchil va issiq havo sababli tuyalar odatdagidan ko‘proq suv ichishga ehtiyoj sezmoqda. Bu esa ularning suv ichish ilinjida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishi, odamlar uylariga bostirib kirishi, konditsionerlarni ulardan suv ichish uchun sindirishiga olib kelmoqda.
Ta'kidlanishicha, tuyalarni yo‘q qilish amaliyoti 8 yanvarda mamlakatning shimolida o‘tkaziladi. 5 kun ichida 10 mingga yaqin tuyani yo‘q qilish rejalashtirilgan. Yo‘q qilingan tuyalar ko‘miladi yoki yoqib yuboriladi.
Avstraliyadagi katta ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari oktyabrdan beri tinmayapti. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in yarim milliarddan ko‘proq jonzotning nobud, 25 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan. Hozirda Avstraliyadagi yong‘inlar tutuni 16 ming kilometr uzoqlikda joylashgan Janubiy Amerikagacha yetib bordi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026