Boks böyiça Özbekiston milliy jamoasi Olimpiada yöllanmasi öynaladigan Osiyo va Okeaniya saralaş bosqiçida qatnaşiş uçun Xitoyga jönab ketdi.

Undan oldin esa, tarkibdagi raqobatni hisobga olgan holda, murabbiylar aksariyat vazn toifasi vakillari örtasida sparring janglar ötkazişdi.

Şahram Ğiyosov VS Bobo Usmon Baturov

Xususan, 69 kg. vazn toifasidagi da'vogarni aniqlab oliş uçun nomzodlar – Rio-2016 kumuş medali sohibi Şahram Ğiyosov va JÇ-2019 bronza medali sohibi Bobo Usmon Baturov örtasida uç raundlik jang ötkazildi.

Yopiq eşiklar ostida, faqat boksçi va murabbiylar iştirokida ötgan jang yakunida qaysidir boksçining qöli baland kötarilmagan bölsa-da, murabbiylar ştabi Bobo Usmonning Şahramni mağlub etgani va ğolib sifatida Xitoyga u borişini özlari uçun belgilab olişgan.

Şahram Ğiyosov: «Uç raundda ham men ğalaba qozondim»

Ğiyosovning professional boksdagi ğalabali seriyasi önta jangga yaqinlaşdi (10-0, 7 KO)
Foto: Twitter / @MatchroomBoxing

Ammo köp ötmay, Şahram Ğiyosov spors.uz saytida bergan intervyusida aslida u ğalaba qozonganini, ammo lisenzion turnirga Bobo Usmon Baturov yöl olayotganini ta'kidlagan.

«Jangda har uç raundda ham ğalabaga erişdim. Buni (boş murabbiy) Marat aka ham aytdi. Lekin rahbar çaqirib, yoşlarga yöl berişimiz kerakligini, professional boksga ança moslaşib ketganligimni aytdi. «Yaxşisi uşbu yönalişda özingni körsatib, bayroğimizni yuksaklarga kötargin, kelganing uçun rahmat, yoşlarga imkon beraylik, xafa bölmaysan», – dedi.

Özbekiston şarafini himoya qilişga doim tayyorman. Nasib qilsa, professional boksda ulkan zafarlar quçib, barçani xursand qilaman, degan umiddaman» – degan Şahram Ğiyosov.

Bobo Usmon Baturov: «Hammaning öz fikri bor. Ammo jangda men yutdim»