Oliy Majlis Senatining birinçi yalpi majlisida çiqiş qilgan prezident Şavkat Mirziyoyev boşqaruv tizimidagi muammolar haqida gapirdi.
«Mahalliy kengaş yöq joyda Senatga baho beriş mumkin emas. Agar mahalliy kengaş kuçli bölsa, Senat ham şunça kuçli böladi. U hamohang. Lekin qarsak bor, 30 yilda qarsak çalişni çiroyli örganganmiz.
Pastda na tizim bor, na nazorat bor. Hamma narsa – eski tos, eski hammom. Ana şu narsalar yöqligi uçun bizda köp narsa kaltak, selektor bilan bölyapti. Kaltak, baqir-çaqir bilan bölgan masala bu – vaqtinçalik. U doimiy emas. Bu davlat vaqtinçalik davlat degan xulosani beradi», – degan Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.
Bundan oldin, prezident ijtimoiy muammolarning yuzaga keliş sabablariga töxtalgani haqida xabar berilgan edi.












