«Integratsiyalaşuv haqida ikki oğiz aytsam. Köp odamlarimiz çet elda işlab yuribdi. Qozoğiston va Rossiya. Ularga bepisandlik bilan qaraşimiz mumkinmi?

Bitta narsani bilib qöyinglar. Heç kim mustaqillikni heç kimga berib qöymaydi. Mustaqillik xalq işongan prezidentning qölida. 

Biz ittifoqqa a'zo bölib kirmayapmiz. Biz avval hozirgi şaroitda bu ma'qulmi, noma'qulmi, şuni bilişimiz kerak. 

2 milliard dollarlik meva-sabzavotlarimizni qayta işlaş böyiça katta jarayonni boşlab yubordik. 

Şunça tayyorlagan mahsulotimizni qayerga olib boramiz? Kim kutib turibdi? Töğri, Yevropada qimmatroq. Lekin standartini qiliş kerak. Yillar davomida yerimiz zaharlangan, suvimiz zaharlangan...», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident Özbekiston YeOIIga faqat kuzatuvçi maqomida kirişini ta'kidladi:

Mustaqillikni birovga berib qöyadi, degan xomxayol gaplar hoyu-havas gaplar. Kim berib qöyadi mustaqillikni?

Islohotlarimizga hamma xayrixoh bölib tursin, oyoqqa turib olaylik.

Kuzatuvçi degani — a'zo degani emas. Tomoşabin degandek. Kuzatuvçi maqomida nima yaxşi, nima yomonligini kuzatamiz.

Sankt-Peterburgda Vladimir Vladimiroviç bilan köp narsalarni kelişib oldik. Bir narsaga amin bölinglar, hamma qilgan harakatlarimiz millatimiz manfaati, iqtisodiyotimizning ertangi kuni uçun.

Iqtisodiyotimizni barqaror qiliş uçun ham bizga hozir 50 milliard dollar kerak. Bugun oğir, tahlikali zamonda yaşayapmiz. Töğri yölni topiş uzoq, lekin şunga intiliş kerak.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning oktabr oyida Rossiya Federatsiyalar Kengaşi spikeri Valentina Matviyenko Toşkentga qilgan safari mobaynida (hali prezident bilan uçraşmasdan turib) Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo bölmoqçiligi haqida gapirgandi. Şundan keyin Özbekiston tomoni bu borada muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan, çuqur öylab körilgandan keyingina bir qarorga kelinişi ma'lum qilingandi. Ötgan vaqt mobaynida Özbekiston jamoatçiligi uşbu ittifoqqa kiriş-kirmaslik masalasini muhokama qilib keldi.

Şavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni ziyolilar bilan uçraşuv çoğida taşqi siyosatdagi ayrim jihatlarga töxtalgan, mustaqillik heç kimga berib qöyilmasligini aytgandi.