2020-2022 yillarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy qilish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Muhokama uchun e'lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, quyidagilar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilanadi:

idoraviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, barcha tarkibiy bo‘linmalarning himoyalangan ma'lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanishini tashkil etish;

moliya-xo‘jalik faoliyati, ma'muriy tartibotlar, ishlab chiqarish, texnologik va boshqaruv jarayonlariga axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish;

idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari sifatini oshirish va ro‘yxatini kengaytirish, aholi va tadbirkorlik sub'yektlari bilan bevosita aloqasiz o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish shakllarini keng qo‘llash;

axborot va kompyuter texnologiyalari sohasida mas'ul xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

axborot tizimlari va resurslari xavfsizligini, muhim axborot infratuzilmasi va raqamli ma'lumotlarni himoya qilishni ta'minlash.

Quyidagilar:

2020-2022 yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati;

2020-2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Belgilanishicha, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari – loyiha ijrochilari, ro‘yxatlarga kiritilgan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqishni ta'minlash va boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish uchun shaxsan javobgardirlar.

Ro‘yxatlarga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha samarali monitoring qilish mexanizmi joriy etiladi.

Davlat boshqaruv organlari – davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini yaratish doirasida loyiha ijrochilari: