Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinçi majlisida parlament yuqori palatasi işining samaradorligini oşirişga qaratilgan muhim vazifalarga töxtalib ötdi.
Ijtimoiy masalalarni hal etiş maqsadida muhim dasturlar qabul qilinib, şu asosda katta işlar amalga oşirilayotgani, parlamentning yuqori palatasi a'zolari ham bu borada taşabbus va aniq takliflar kiritişi zarurligi ta'kidlandi.
«Senatning har bir qömitasi öz faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib çiqib şakllantirişi lozim. Örganilgan masalalar böyiça bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari iştirokida Senat kengaşi va qömitalarining sayyor majlislarini ötkaziş zarur. Bu amaliyot aholini taşvişga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qiliş imkonini beradi», dedi Prezident.
Prezident cenatorlar uçun yangi bino qurilişini ma'lum qilgan.
«Bilaman, bu yerda hozir sal noqulay bölib turganlaringni.
Mustaqillik bayrami arafasida Senatga yangi bino qilinadi. Har bir senatorga alohida xona qilinadi. Kutubxonalari bilan», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











