Toşkent şahar hokimi Alshaya Group kompaniyasining mintaqaviy vakili Nenji Menxotra bilan uçraşdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabarida aytilgan.
Uçraşuv davomida tomonlar özaro hamkorlik masalalarini, xususan, Toşkentda jahonga maşhur Starbucks qahvaxonalari tarmoğini oçiş istiqbollarini muhokama qildilar.

Kompaniyaning mintaqaviy vakili Nenji Menxotra Toşkent şahri hududida 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarni quriş loyihasiga katta qiziqiş bildirdi.
Xorijiy tomon yaqin beş yilga möljallangan demografik ösiş körsatkiçlariga asoslanib, şahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş masalasiga ham töxtalib ötdi.
Uçraşuv natijalariga köra, xorijiy tomon Starbucks qahvaxonalari tarmoği va mehmonxonalarni oçiş loyihasini amalga oşiriş uçun zaruriy hujjatlarni tayyorlaşi haqida ma'lumot berdi.
Alshaya Group – çakana franşizaning yetakçi xalqaro operatori bölib, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika, Rossiya, Turkiya va Yevropada 90 ta iste'mol brendlariga hamda köçmas mulk, quriliş, mehmonxonalar, avtomobil va umumiy savdo sohasida xoldinglarga egalik qiladi.
















