Paragvay prezidenti Mario Abdo Benites denge bezgagi bilan oğrimoqda, deb ma'lum qildi mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Xulio Massoleni. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Avvalroq Benites özini yomon his qilgan, harorati 38,5 darajaga yetgan va unda denge bezgagi alomatlari kuzatilgandi.
"Prezidentning soğligiga keladigan bölsak, u özini yaxşi his qilmoqda, tahlillar prezident denge bezgagiga çalinganini tasdiqladi", - dedi Massoleni.
Uning qöşimça qilişiça, davlat rahbari kiçik çeklovlar bilan işlaşda davom etadi.
Paragvayda 2020 yilda 94ta bezgakka çaliniş holatlari aniqlandi, bezgakdan ikki kişi vafot etdi.
Denge bezgagi subtropik va tropik iqlimli ölkalarda tarqalgan xavfli virusli kasallikdir. Uning asosiy taşuvçilari Aedes aegypti çivinlari hisoblanadi.












