Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi vazirlar mahkamasi tarkibi haqidagi farmonni imzoladi. Hujjatga köra, Rossiyaning yangi boş vaziri Mixail Mişustinning 9 nafar örinbosari böladi. Ular:

— Andrey Belousov — boş vazirning birinçi örinbosari;

— Dmitriy Grigorenko — boş vazir örinbosari — hukumat apparati rahbari;

— Yuriy Trutnev — boş vazir örinbosari — Uzoq Şarq federal okrugidagi doimiy vakil;

— Viktoriya Abramçenko, Tatyana Golikova, Yuriy Borisov, Dmitriy Çernişenko, Aleksey Overçuk, Marat Xusnullin — boş vazir örinbosarlari.

Avvalgi hukumatdan Sergey Şoygu, Yevgeniy Ziniçev, Vladimir Kolokolsev, Anton Siluanov, Denis Manturov, Aleksandr Novak, Dmitriy Kobilkin, Dmitriy Patruşev, Aleksandr Kozlov, Vladimir Yakuşev, Yevgeniy Ditrix öz lavozimlarida qolişgan. 

Yangi hukumatdagi vazirlar tarkibi quyidagiça köriniş olgan:

— Sergey Şoygu — mudofaa vaziri; 

— Sergey Lavrov — taşqi işlar vaziri; 

— Yevgeniy Ziniçev — fuqarolik mudofaasi işlari, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş böyiça vazir; 

— Konstantin Çuyçenko — adliya vaziri;

— Vladimir Kolokolsev — içki işlar vaziri; 

— Olga Lyubimova — madaniyat vaziri;

— Aleksandr Novak — energetika vaziri;

— Yevgeniy Ditrix — transport vaziri;

— Denis Manturov — sanoat va savdo vaziri;

— Maksut Şadayev — raqamli rivojlaniş, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri;

— Dmitriy Kobilkin — tabiiy zaxiralar va ekologiya vaziri;

— Mixail Muraşko — soğliqni saqlaş vaziri;

— Dmitriy Patruşev — qişloq xöjaligi vaziri;

— Vladimir Yakuşev — quriliş va turarjoy-kommunal xöjaligi vaziri;