Toşkentdagi hozirda Yakkasaroy tumani kiçik sanoat hududi joylaşgan sobiq töqimaçilik kombinati örnida balandligi 230 metrli egizak minoralar bölgan dauntaun (biznes markaz) quriladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Loyiha uçun zarur investitsiya miqdori 1 mlrd dollar deb baholanmoqda. Investitsiya loyihasi 18ta lot kesimida amalga oşiriladi. Quriliş maydoni 1,2 mln kv. m. turar va noturar binolardan iborat böladi. Yaqin vaqt içida loyihaga sarmoya kiritişga tayyor investorlarni topişga kirişiladi.

Loyiha mualliflarining fikriça, markazda ikkita egizak minora qurilib, ularning yuqori qismida Quyoş va Oyni ifodalovçi ikkita aylanib turuvçi şar joylaşadi.
«Toşkent markazida quriladigan biznes va madaniyat markazi poytaxt yalovbardori böladi. Har ikki minora 50 qavatdan iborat bölib, balandligi 230 metrni taşkil etadi», – dedi Toşkent şahar hokimi örinbosari Şarof Rahmonov.

«Poytaxtimiz mehmonlari va aholisi samolyotda aeroportga qönayotganida ularning nigohi aynan şu yerga tuşadi. Poytaxt mehmonlarini loyihaning mağzi bölgan minoralar kutib oladi», – dedi u.
Rahmonovning sözlariga köra, majmua köp tarmoqli böladi. Uning hududida şahar aholisi dam olişi va işlaşi uçun barça zarur infratuzilma, jumladan, savdo markazlari, mehmonxonalar, ulkan park va körgazma majmuasi böladi.
Toşkentdagi sanoat korxonalari kiçik halqa yölidan taşqariga köçiriladi

















