Toşkentda faoliyat körsatayotgan sanoat korxonalari kiçik halqa yölidan taşqariga köçiriladi. Şahar hokimligidan Kun.uz’ga xabar berişlariça, korxonalarni köçiriş bir yilga yaqin vaqtni olişi mumkin. 

«Avval korxonalarni inventarizatsiya qiliş amalga oşiriladi, keyin Sergeli tumanidagi maxsus sanoat zonasida quriliş boşlanadi», - deya aytib ötdi poytaxt ma'muriyati vakili.

Masalan, Yakkasaroy kiçik sanoat zonasi (sobiq Toşkent töqimaçilik kombinati hududi)dan korxonalarni Sergelidagi maxsus sanoat zonasi hududiga joylaştiriş rejalaştirilmoqda. Yerlar tadbirkorlarga xususiy mulkka bepul beriladi, mablağ yetişmasa, işlab çiqariş obektlari quriladi va ularga 7 yilgaça bölgan muddatga bölib-bölib tölaş şarti bilan taqdim etiladi.

Hokimlik vakilining sözlariga köra, poytaxtning kiçik sanoat zonalari korxonalarida mehnat qiluvçi 4 mingdan ortiq kişi har kuni Toşkentga keladi. Şahardagi ekologik vaziyatni yaxşilaş bilan bir qatorda, korxonalarning köçirilişi yöllarni böşatişga imkon beradi.

«Toşkent xizmat körsatiş, kiçik biznes va yuqori daromadli işlab çiqarişga e'tibor qaratişi kerak», - deya ta'kidlaşgan hokimlikda.