22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan majlisda Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzodlarni körib çiqdi va ma'qulladi. Nomzodlar röyxati parlament tomonidan 21 yanvar kuni boş vazir lavozimiga tasdiqlangan Abdulla Aripov tomonidan taqdim etilgan edi.

Nomzodlar dastlab parlament quyi palatasining mas'ul qömitalarida, şundan söng beşta siyosiy partiyalarning fraksiyalari tomonidan körib çiqildi.

ÖzLiDeP rahbari Aktam Hayitov va boş vazir Abdulla Aripov
Adolat SDP rahbari Narimon Umarov va deputat Qodir Jörayev
«Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov va deputat Ilhom Abdullayev
Xalq demokratik partiyasi rahbari Uluğbek Inoyatov
Ekologik partiya rahbari Boriy Alixonov

Majlisda har bir nomzod harakat dasturini taqdim etdi, şundan söng savol-javoblar bölib ötdi. 

Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov

Yakunda boş vazirning 4 nafar örinbosari, 21 nafar vazir va 10 qömita raisi lavozimiga nomzodlar deputatlar tomonidan ma'qullandi.