Prezident: «Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda hokimliklarning ishtirokini oshirish lozim»
Respublika miqyosidagi qarorlar muhokamasiga mahalliy hokimliklarni ko‘proq jalb etish kerak, deb hisoblaydi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari bu haqda Oliy Majlis palatalarining ilk qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida aytib o‘tgan.
«Vazirlik va idoralarning quyi tuzilmalari bilan birgalikdagi faoliyat ustidan vertikal nazorat ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak. Eng asosiysi, hukumat – markaziy idoralarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar bilan hamkorligini, ular o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini ta'minlash uchun mas'ul va javobgar bo‘ladi.
Buning uchun respublika darajasida qarorlar qabul qilishda hokimliklarning ishtirokini oshirishimiz lozim. Biz Toshkentda qarorlar qabul qilamiz, pastdagi hokimlar bilmaydi. Bu qarorlarni kim bajaradi, hokimlar-ku? Ijro organi-ku? Qarorni qabul qilgandan ko‘ra, hokimlarni bir yig‘ib, u qarorni o‘rgatinglar – mana shunday qaror bo‘ladi, qaysisi sizlarga ma'qul, qaysisi noma'qul. Pastdagi ijrochilar buni yaxshiroq biladi-ku.
Qabul qilinayotgan qarorlarni joyida bajaruvchilar bilsa, natijasi mutlaqo boshqacha bo‘ladi», – dedi Mirziyoyev.
Prezident bergan takliflarga ko‘ra, ishlab chiqilayotgan qaror loyihalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ham kelishish tartibini ko‘rib chiqish kerak.
- «Bunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz» – Mirziyoyev hokimlarning kengash raisi maqomini bekor qilish haqida
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024