2020 yil 14 yanvardan 15 yanvarga ötar keçasi noma'lum şaxslar Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Paxtaçi mahallasida yaşovçi 60 yoşli I.N.ning uyiga deraza oynasini sindiriş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, içida 1.120 AQŞ dollari va 57.500.000 söm miqdorida naqd pullari hamda uyining kadastr hujjatlari bölgan temir seyfni yaşirin ravişda qölga kiritib, hodisa joyidan yaşiringanlar.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib sodir etilgan öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.


Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida, 26 yoşli K.F. va 24 yoşli N.T. sodir etganligi aniqlanib, ulardan öğirlangan pullarning bir qismi va temir seyf aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
K.F. va N.T. gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan, K.F. protsessual tartibda uşlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















