Tesla kapitallaşuvi 100 mlrd dollarga yetgan AQŞning ilk avtomobilsozlik kompaniyasi böldi. Biroq aytiş joiz, bu natija oz fursat saqlanib, kompaniya narxi yana 100 mlrd dollardan pastroqqa tuşib ketgan.    

Kompaniya aksiyalari narxi 21 yanvardagi birja savdolari vaqtida 7,2 foizga, keyinroq esa elektron savdolar vaqtida 1,2 foizga ösib, bir donasi uçun 555,1 dollargaça yetgan. Buning evaziga kompaniya kapitallaşuvi 100,1 mlrd dollardan oşgan.   

Biroq Tesla bu rekord natijani uzoq saqlab qololmagan va 22 yanvarda uning aksiyalari 547,2 dollargaça arzonlaşib, kapitallaşuvi 98,2 mlrd dollargaça tuşib ketgan. 

Şu tariqa, Tesla asosçisi va boş direktori Ilon Maskning katta mukofot puli olişga imkoniyati yanada oşdi. Tadbirkor 2018 yilda yaqin 10 yil uçun qat'iy belgilangan maoşdan boş tortib, uning iş haqi kompaniya moliyaviy körsatkiçlariga boğlab qöyilgan. Kompaniya aksiyadorlari ma'qullagan şartnomaga köra, agar Tesla kapitallaşuvi 100 mlrd dollardan oşsa va bu körsatkiç yarim yil davomida saqlanib tursa, Mask 346 mln dollar mukofot puli oladi.

Agarda kompaniyaning bozor narxi 10 yil içida 650 mlrd dollargaça yetsa va kompaniya rejalaştirilgan körsatkiçlarga erişsa, tadbirkor 50 mlrd dollardan köproq mukofot puli oladi.  

Tesla dekabr oxirida Xitoydagi ilk zavodida işlab çiqarilgan birinçi elektrokarlarni öz mijozlariga yetkazib berdi. Hozirda kompaniya Yevropadagi ilk zavodini qurişga hozirlik körmoqda. Zavod Germaniyaning Gryunxayde kommunasi yaqinida quriladi.