Bugun, 22 yanvar kuni, Toşkent şahar hokimligida «2019 yilda Toşkent şahrida yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar yönalişida erişilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi. Tadbirda iştirok etgan şahar hokimi örinbosari Elbek Şukurov Toşkent hayvonot boğini rekonstruksiya qiliş masalasi böyiça axborot berdi.

«Joriy yilda Toşkent hayvonot boği rekonstruksiya qilinadi. Bunda Birlaşgan Arab Amirliklari tajribasiga tayanamiz. Çunki uşbu mamlakat hayvonot boğlari dunyo standartiga javob beradi. Bu yönalişda xalqaro talablarga javob berişimiz kerak.
Toşkent hayvonot boğida hal qilinişi zarur bölgan muammolar talaygina. Masalan, jonivorlarni parvarişlaş, ularning oziq-ovqat ta'minoti, infratuzilmasi va boşqalar. Uşbu masalalarni hal qiliş uçun katta işçi guruhi tuzilgan. Rekonstruksiya işlari bir neça bosqiçni qamrab olgan. Birinçi bosqiçda 5 million dollar ajratiladi. Bu yönalişda BAA ekspertlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borilmoqda», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















