Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finaldan muhimroq o‘yin. O‘zbekiston Avstraliyani yengishga tayyormi?
25 yanvar kuni O‘zbekiston U23 jamoasi Osiyo chempionati uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Yarimfinalda Saudiya va Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergan bu ikki jamoa Tokio olimpiadasiga beriladigan uchinchi yo‘llanma uchun kurash olib boradi. 23 yanvar kuni O‘zbekiston U23 Bangkokdagi «Alpine» sport majmuasida Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarda qatnashdi.



Ta'kidlash kerak, bir kun oldin Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergan Avstraliya mashg‘ulot o‘tkazmadi. Avstraliyalik murabbiylar futbolchilarga dam berishga qaror qilishgan. Drulovich jamoasi esa Saudiyaga yutqazganining ertasiga mashg‘ulot o‘tkazdi.



Bu tiklanish mashg‘uloti edi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Saudiyaga qarshi o‘ynagan futbolchilar asosan alohida shug‘ullanishdi va ularga kamroq yuklamalar berildi. Yarimfinalda o‘ynamagan futbolchilar ko‘proq mashq qilishdi. Mashg‘ulotga futbolchilar ko‘tarinki kayfiyatda kelishdi desak, sizni aldagan bo‘lamiz. Ammo mashg‘ulot boshlangach murabbiylar kichik yig‘ilish o‘tkazib futbolchilarga gapirishdi. Balki shu gaplar ta'siri bilandir, yigitlar mashg‘ulotni yaxshi kayfiyatda boshlashdi.



Futbolchilar jamoalarga bo‘linib turli xil o‘yinlar o‘ynashdi, bu esa ularning kayfiyatiga ijobiy ta'sir qildi. Bizningcha, murabbiylar hal qiluvchi o‘yin oldidan asosan futbolchilarning tiklanishiga va yaxshi kayfiyatga maydonga tushishiga e'tibor berishmoqda. Odatda bunday yo‘llanma o‘ynaladigan o‘yinlarda jismoniy, taktik holatdan ko‘ra ruhiy ko‘tarinkilik muhimroq rol o‘ynaydi.



Murabbiylar qaysidir ma'noda buni uddalashdi desa bo‘ladi. Futbolchilar mashg‘ulotni butunlay boshqacha ko‘tarinkilik bilan tark etishdi. Ular Saudiya bilan o‘yindagi g‘uborlarini bugungi mashg‘ulotlarda to‘kib yuborgandek go‘yo... Quyida futbolchilarning muhim o‘yin oldidan o‘tkazgan mashg‘ulotidan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz. Darvoqe, futbolchilar hal qiluvchi mashg‘ulotni ertaga, 24 yanvar kuni o‘tkazishadi.
Matn muallifi: O‘tkir Jalolxonov
Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar
Mavzuga oid
19:10 / 14.01.2026
O‘zbekiston U23 Osiyo Kubogi chorakfinalida Xitoy bilan o‘ynaydi
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
20:58 / 10.01.2026
O‘zbekiston U23 jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi bahsda durang o‘ynadi
21:44 / 07.01.2026