Özbekistonda yangi Humo Air aviakompaniyasini taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori tasdiqlangan.

2018 yilning noyabrida prezident Şavkat Mirziyoyev aviatsiya sohasini isloh etişni közda tutuvçi farmonni imzolagandi. Unga köra, «Maxsus aviatsiya işlari aviakompaniyasi» davlat unitar korxonasi negizida Uzbekistan Helicopters kompaniyasi taşkil etilgan.

«Maxsus aviatsiya işlari aviakompaniyasi» DUK balansida «An-2» rusumli samolyotlar, aviatsiya mulki va boşqa mol-mulklar mavjud.

Yangi qaror bilan, Humo Air MÇJ «Maxsus aviatsiya işlari aviakompaniyasi» DUK mulki negizida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi muassisligida qayta taşkil etiladi. Yangi taşkil etiladigan aviakompaniyaga «An-2» rusumli 43ta yengil samolyot va boşqa mulklar ötkazib beriladi.

«Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, zarurat bölganda, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda «Humo Air» MÇJning rentabelligini ta'minlaydigan maqbul tuzilmani inobatga olgan holda biznes-model işlab çiqilişini ta'minlasin.

Uç oy muddatda yangi havo kemalarini sotib oliş, şuningdek, lizing şartlari asosida ijaraga oliş yöli bilan samolyot-motor parkini bosqiçma-bosqiç yangilaşni nazarda tutgan holda «Humo Air» MÇJni rivojlantiriş strategiyasi işlab çiqilsin va tasdiqlansin», deyiladi hujjatda.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda «Humo Air» MÇJ faoliyatini rivojlantiriş uçun investitsiyalarni, şuningdek, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etişga qaratilgan amaliy çoralarni köradi.

Hujjatda kompaniya iş faoliyati böyiça aniq muddat belgilanmagan.

Eslatib ötamiz, 18 yanvar kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov joriy yilda yangi Humo Air aviakompaniyasi taşkil etilişini e'lon qilgandi.