Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunçilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida ilm-ma'rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi.

«Şarq donişmandlari aytganidek, «Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, Eng katta meros – bu yaxşi tarbiya, Eng katta qaşşoqlik – bu bilimsizlikdir!»

Şu sababli, hammamiz uçun zamonaviy bilimlarni özlaştiriş, çinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi böliş, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanişi kerak.

Taraqqiyotga erişiş uçun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallaşimiz zarur va şart.

Bu bizga yuksalişning eng qisqa yölidan boriş imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barça sohalarga axborot texnologiyalari çuqur kirib bormoqda.

Yurtimiz «Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş indeksi» böyiça 2019 yilda 8 poğonaga kötarilgan bölsa-da, hali judayam orqadamiz.

Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.

Albatta, «raqamli iqtisodiyot»ni şakllantiriş kerakli infratuzilma, köp mablağ va mehnat resurslarini talab etişini juda yaxşi bilamiz.

Biroq, qançalik qiyin bölmasin, bu işga bugun kirişmasak, qaçon kirişamiz?! Ertaga juda keç böladi.

Şu bois, «Raqamli iqtisodiyot»ga faol ötiş – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri böladi.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oşiradi, ortiqça xarajatlarni kamaytiradi.

Şu bilan birga, meni juda qattiq taşvişga soladigan va bezovta qiladigan eng oğir illat – korrupsiya balosini yöqotişda ham samarali vositadir.

Buni barçamiz teran anglab olişimiz darkor.

Davlat va jamiyat boşqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oşiriş, bir söz bilan aytganda, odamlar turmuşini keskin yaxşilaşi mumkin.

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptiriş, yoşlarimizni çuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalaş, raqobatbardoş iqtisodiyotni şakllantiriş borasida boşlagan işlarimizni jadal davom ettiriş va yangi, zamonaviy bosqiçga kötariş maqsadida, men yurtimizda 2020 yilga “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”, deb nom berişni, taklif etaman», deydi prezident.