«Pokiza insonlar» aksiyasi davom etadi. Aksiyaga davlat idoralari ham qo‘shildi

Toshkent shahrida har payshanba kuni «Pokiza insonlar» aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda. Aksiya qatnashchilari – bir-birini mutlaqo tanimaydigan, faqat mana shu xayrli va savobli ishga bosh qo‘shish maqsadida yig‘ilgan insonlardir.
Aksiya bu hafta Toshkent shahri Olmazor tumanida o‘tkazildi. Uning qatnashchilari har galgidek ertalabdan belgilangan joyda yig‘ilib, saxovatli insonlar tomonidan yig‘ilgan mablag‘ evaziga biroz yegulik, qahva, paypoq, qo‘lqop va daftarlarni ulashish uchun tayyorgarlik ko‘rishdi.
«Ovqatlanishga bitta oshxona bo‘lganda juda ham yaxshi bo‘lardi»
Aksiya davomida sariq nimcha kiyib, shahar ozodaligi uchun xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizni suhbatga tortdik.
«Bizga tushlik paytida ovqatlanishga bitta oshxona bo‘lganda, juda ham yaxshi bo‘lardi. Ishchilar rosa qiynalyapti bu ahvoldan. Chunki uydan olib kelgan ovqatlarni isitmasdan, muzlagan holatida ko‘chada yeyapmiz», deydi yurtdoshlarimizdan biri.
«Mana shu issiq qo‘lqoplar, narsalarni tashkil qilayotganlarga katta rahmat deymiz», deydi boshqa bir obodonlashtirish xodimi.
Ba'zi davlat idoralari ham homiylik qilmoqda
«Pokiza insonlar» aksiyasi bu hafta Farg‘ona viloyatida ham o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan faollardan birining aytishicha, u yerda mehnat qilayotgan 800 ishchiga minnatdorchilik bildirilib, quvonch ulashildi.
«Chorshanba kuni Farg‘ona shahrida ham «Pokiza insonlar» aksiyasini o‘tkazdik. Ko‘pchilik o‘z hissasini qo‘shdi, ayniqsa davlat idoralari homiylik qilgani juda ham quvonarli bo‘ldi. Farg‘ona shahrida 800 nafar odam ishlar ekan, aksiyada ishtirok etuvchilar ham anchagina bo‘ldi.
Bugun Olmazor tumanidamiz va yana to‘rtta tuman qoldi. Keyin Toshkent viloyatiga chiqishni rejalashtiryapmiz. Bundan tashqari, viloyatlarda ham aksiyani davom ettiramiz», deydi aksiya faoli.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi
Jahon | 12:30
-
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiyot | 12:20
-
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 12:10
-
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi

07:10 / 03.08.2024