«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş» yilida Özbekistonga kiritilgan töğridan töğri xorijiy investitsiyalar miqdori bir yil oldingiga nisbatan 3,7 barobarga köproqni taşkil etdi.

Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Ayniqsa töğridan töğri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni taşkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 baravarga ösdi. Bir yil içida», – deb ta'kidladi davlat rahbari.

Prezidentning sözlariga köra, investitsiyalarning YaIMdagi uluşi 37 foizga yetgan.

«Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylaştirdi», – deya qayd etdi Mirziyoyev.