Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlaş töğrisida»gi farmoni imzolandi.
«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida öz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma'lumot uçun qabul qilinsin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining 2020 yil 21 yanvardagi qarorlariga muvofiq, Boş vazir lavozimiga A.N. Aripov tasdiqlangan.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining 2020 yil 22 yanvardagi tegişli qarorlariga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zoligiga nomzodlar ma'qullangan», deyiladi prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan hujjat matnida.
Ayni vaqtda boş vazirning ikki örinbosari – Boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari va Boş vazirning ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari böyiça örinbosari hamda bir vazirlik rahbarligi lavozimi vakant qolmoqda.
1. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:
Aripov Abdulla Niğmatoviç – Boş vazir;
Ramatov Oçilbay Jumaniyazoviç – Boş vazirning birinçi örinbosari;
Qöçqorov Jamşid Anvaroviç – Boş vazirning örinbosari –Özbekiston Respublikasi moliya vaziri;
lavozimi böyiça – Boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari;
lavozimi böyiça – Boş vazirning ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari böyiça örinbosari;
Abduhakimov Aziz Abduqahhoroviç – Boş vazirning örinbosari –Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi;
Bositxonova Elmira Irkinovna – Boş vazirning örinbosari –Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi;












