Ruslanbek Davletov: «Korrupsiyaga qarshi alohida organ biz uchun ham kutilmagan yangilik bo‘ldi»
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov shanba kuni Xalqaro press-klub sessiyasidagi chiqishida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mustaqil organ tashkil etilishi haqida gapirib o‘tdi.
«Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha alohida organ tuzilishi birinchi marta prezidentimizning murojaatida e'lon qilindi. To‘g‘risini aytsak, bu biz uchun ham ancha kutilmagan yangilik bo‘ldi.
Chunki shu paytgacha Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishlab kelayotgan edi. Qonunda ham bosh prokuror boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha komissiya faoliyat yuritadi, deyilgan.
Yangi organning konsepsiyasi, uning vakolatlari, funksiyalarini, boshqa organlar bilan munosabatini, boshqa organlardagi qandaydir funksiyalar saqlanib qolinadimi-yo‘qmi – bu masalalar endi ko‘rib chiqiladi. Hozirdan darrov aytish qiyin.
Umumiy ma'muriy islohotlardan kelib chiqib, turli organlar orasidagi munosabatlar funksional tahlil qilinib, joy-joyiga qo‘yiladi», – degan Davletovning so‘zlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni Oliy Majlisga murojaat qilib, unda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif etgan edi.
Davlat rahbariga ko‘ra, yangi organ parlament va prezident oldida hisobdor bo‘ladi. Prezident administratsiyasiga Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitalari bilan birgalikda uch oy muddatda tegishli farmon loyihasini ishlab chiqish yuklatildi.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024