Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanidagi maktablardan birining direktori maktabga işga qabul qiliş uçun 800 dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
«Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Koson tumanidagi 98-sonli maktabi direktor N.Z. fuqaro D.U.ga örta-maxsus ma'lumotli maqomini beruvçi qalbaki diplom tayyorlatib beriş va uni uşbu maktabga laborant vazifasiga işga qabul qiliş evaziga undan 800 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan N.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Şuningdek, Andijonda 8 oylik farzandini 5 000 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan ayol uşlangan.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boşqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. (2000 y.t. oilali) 2019 yilda tuğilgan qiz farzandi R.A.ni fuqaro M.ga 5 000 AQŞ dollariga sotib, farzandi R.A.ning tuğilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan ham J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
















