Tadbirda iştirok etgan Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi ijro etuvçi apparati bölimi boşliği Şuhrat Ötaganov mahkumlarga pensiya tayinlaş budjetda taqçillik keltirib çiqarişi ehtimoli böyiça savolga javob berdi.

«Pensiya jamğarmasiga davlat budjetidan bu yilda qariyb 8 trln. söm mablağ ajratilişi közda tutilgan. Manzil-koloniyalarda jazo muddatini ötayotgan mahkumlarga pensiya tayinlaş va tölaş pensiya jamğarmasi xarajatlariga sezilarli ta'sir qilmaydi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, bu miqdor 2,5 mlrd sömni taşkil qiladi.

Jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlar yetarli iş stajiga egami, degan mazmunda ular örtasida sörovnoma ötkazdik. Ularning köpçiligida talab qilinadigan iş staji mavjud emas. Şu sababli ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolarga pensiya tölaş budjet taqçilligini keltirib çiqarmaydi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, ozodlikdan mahrum etilgan fuqaro pensiya tayinlanişi böyiça vaqtida murojaat qilmasa, ötib ketgan muddatga pensiya tölanmaydi.

«Mahkum pensiya yoşiga yetgan bölsa-yu, ammo bu haqida manzil-koloniya ma'muriyatiga 2 oy muddat içida ariza yozmagan bölsa, ötib ketgan muddat uçun pensiya tayinlanmaydi. Agar fuqaro bu muddat içida ariza topşirsa, pensiya yoşiga tölgan sanadan boşlab pensiya tölab beriladi. Iş stajiga ega bölmagan fuqarolar esa davlat pensiyasi bilan ta'minlanmaydi. Ularning ijtimoiy himoyasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tartibga solinadi.

Jazo muddatini ötayotgan, iş stajiga ega bölmagan fuqarolarga pensiya tölanmasligi yuzasidan Içki işlar vazirligi bilan muhokamalar ötkazganmiz, alohida qaror loyihasini tayyorlaganmiz. Unda ijtimoiy himoya nafaqasiga ham pensiya oliş huquqini taqdim etiş masalasi taklif etildi. Şuningdek, loyihada atigi 1 yillik iş stajiga ega bölgan, pensiya yoşiga yetgan mahkumlarga ham pensiya tayinlanişi, nafaqa oliş huquqi bekor qilingan bölsa, uni tiklab beriş tartibi ham belgilangan», deydi Şuhrat Ötaganov.

Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori birinçi örinbosari Medet Tleuovning qöşima qilişiça, manzil-koloniyalarda pensiya yoşiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlanişi böyiça tartib işlab çiqilgani, bu huquqdan qay tartibda foydalanişi mumkinligi yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilyapti. Uning ta'kidlaşiça, heç qaysi fuqaro bexabar qolib ketmaydi.