«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infeksiyasining yurtimizga kirib kelganligi, jumladan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida tarqalganligi haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo zid. Bu töğrisida «Jizzaxda koronavirus infeksiyasi tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz» sarlavhali xabarda ham batafsil töxtalib ötilgan edi.
Şu örinda meva-sabzavotlar, jumladan, banandan uşbu virus yuqişi mumkinligi haqidagi çiqişlarga ham oydinlik kiritib ötsak.
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epedimiologik osoyiştalik agentligi mutaxassisi Qamariddin Boqiyevning ta'kidlaşiça, mamlakatimizga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlaştiriş tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekşiruvdan ötkaziladi. Birinçi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epedimiologik xulosalar beriş bölimlarida xavfsizlik körsatkiçlari böyiça tekşirilib, sanitar-epedimiologik xulosa taqdim etiladi. Şundan söng «Özstandart» agentligidan muvofiqlik sertifikati olingaç, xorijdan keltirilgan meva-sabzavotlar sotuviga ruxsat beriladi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Vazirlik mutaxassisi meva-sabzavotlardan koronavirus yuqişi haqidagi xabarlar yuzasidan ham izoh bergan.
«Xitoydagi xavotirli epedimik vaziyatdan kelib çiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzavotlar böyiça ham turli tekşiruvlar olib borilyapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan.
Ayni paytda koronavirus yuqişiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bölayotgani taxmin qilinmoqda. Ammo aynan qaysi biridan yuqişi mumkinligi haqida ham aniq töxtamga kelingani yöq. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyiş qaysidir kasalliklar kelib çiqişiga sabab bölişi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar iste'moli sabab qandaydir virus yuqtiriş holatlari hali kuzatilmagan», – deydi Qamriddin Boqiyev.
Vazirlik koronavirus Özbekiston hududiga kirib kelişining oldini oliş böyiça barça zarur-çoralar körilganini bildirgan.
«Alohida ta'kidlaş lozimki, uşbu koronavirus infeksiyasiga qarşi yurtimizda kerakli barça çoralar körilmoqda. Xususan, mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş borasida Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.













