Buyuk Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning qirollik hududidagi köçmas mulk obektlari va boşqa aktivlarini xatlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda Britaniyadagi Öta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarşi kuraşiş byurosi (Serious Fraud Office) xabar tarqatgan.
«Boşqarma 2002 yili joriy etilgan qonunga muvofiq obektlarni fuqarolik tartibida musodara qiliş haqida sud da'vosi bilan murojaat qildi. Da'vo bir neça aktivlarga, şu jumladan, Özbekistonda Gulnora Karimova va Rustam Madumarov iştirokidagi korrupsiyaviy bitimlardan olingan daromadlardan foydalanib sotib olingani taxmin qilinadigan uçta köçmas mulk obektiga taaluqlidir», deyilgan xabarda.
Eslatib ötamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toşkentdan Londonga uçib ketgani xabar qilingandi. U Londondagi iqtisodiyot maktabida (London School of Economics) tahsil olmoqda. Uning akasi Islom Karimov ham bir neça yillardan buyon London şahrida istiqomat qilib kelmoqda.
Şuningdek, 1 oktabr kuni Imon Karimova onasi Toşkentdagi uyda ekani haqida yozdi. U Instagram’dagi sahifasida şunday deb yozgan: «Onam endi uyda».
Bu xabar ortidan Gulnora Karimova 2 oktabr kuni Dubayga uçib borgani haqida xabar tarqaldi. Boş prokuratura esa bu xabarni inkor etib, Imon Karimova Özbekistonni heç qanday tösqinliksiz tark etgani, Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo ötaşni davom etayotgani haqida ma'lum qildi.
Ma'lumot uçun, 2017 yilning iyulida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat işi qözğatilgani haqida ma'lum qilgandi.
Unga köra, Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda, jumladan, jinoiy guruh tuzişga aloqadorlik, öğirlik, pul undiriş, davlat mablağlarini öz ehtiyojlari uçun işlatib yuboriş, soliqlar tölaşdan boş tortişda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Yana bir jinoyat işi böyiça tergov davom etmoqda. U öziga qöyilayotgan barça ayblovlarni rad qilgan.












