Tadbirda Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvi apparati bölim boşliği Şuhrat Ötaganov ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolarga pensiya tayinlanişi xususida axborot berdi.

«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi ÖRQ-558-son qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning 1-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida»gi Qonunining ayrim moddalariga qöşimçalar va özgartiriş kiritildi. Qonun bilan manzil-koloniyalarda jazoni ötayotgan, ozodlikdan maxrum etişga hukm qilingan şaxslarga nafaqat pensiya tayinlaş, balki ozodlikdan mahrum qilingunga qadar töxtatilgan pensiya tölovini tiklaş huquqi ham taqdim etildi.
Respublikada 25ta manzil-koloniya bölib, ularda 300dan ortiq mahkumlar umumiy pensiya yoşiga tölgan. Ularning 60 nafarga yaqini esa ozodlikdan mahrum etilgunga qadar biror bir turdagi davlat pensiyasini olib kelganlar hamda ozodlikdan mahrum etilganlaridan keyin ularning pensiya tölovi qonunçilikda örnatilgan tartibda töxtatilgan bölgan. Ötgan davr mobaynida Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimlar tomonidan 37 nafar manzil-koloniyasida jazo muddatini ötayotgan fuqarolarga pensiyalar tayinlangan bölsa, 31 nafarining ilgari töxtatilgan pensiya tölovlari tiklab berilgan bölib, şundan 5 nafari ayol kişini taşkil qiladi», deydi Ötaganov.

Pensiya tayinlaş böyiça murojaatlar faqatgina Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Qaşqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toşkent viloyatlaridagi manzil-koloniyalardan kelib tuşgan.
Şuhrat Ötaganov jazoni ijro etiş muassasalarida fuqarolarga pensiya tayinlaş böyiça muammolar va bu böyiça mahkumlarga qanday huquqlar berilganligi yuzasidan ham ma'lumot berdi.
«Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga pensiya tayinlaşda bir qator qiyinçiliklar bor. Birinçi masala iş stajini tasdiqlovçi mehnat daftarçasi: mahkum pensiya yoşiga yetgan va pensiya tayinlaş böyiça murojaat qilyapti. Lekin uning mehnat daftarçasi yöq yoki yöqolgan. Iş staji bölmagan yoki talab etiladigan iş stajiga ega bölmagan mahkumlarga pensiya tayinlanişi kerakmi, degan masala köndalang turibdi. Bunda tuman, şahar pensiya jamğarmasi idoralari amaliy yordam berişyapti. Fuqaroning qayerlarda işlagani töğrisida ma'lumotlarni olişga kömak berişyapti. Masalan, fuqaro biron korxonada ma'lum muddat işlaganini aytsa, pensiya jamğarmasi idoralari öşa taşkilotdan fuqaroning iş staji haqida sörovlar yuborişadi.
















