2019 yil dekabrda 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Siemens kompaniyasi sobiq rahbari Hellas Prodromos Mavridis ikki oy mahkumlikdan söng ozodlikka çiqdi. Bu haqda AMNA agentligi xabar berdi.

Prodromos 24 yanvarda soğligi yomonlaşgani bois ozod qilişlarini sörab apellyatsiya bergandi.

Sud uning sörovini qondirdi, unga mamlakatni tark etiş taqiqlandi, bir oyda bir marta yaşayotgan hududidagi politsiya bölinmasiga uçrab turadi.

2019 yil oxirida Gretsiya sudi 1997 yildagi korrupsiya işi böyiça sudlangan 54 nafar kişining 22 nafarini aybdor deb topgandi. Sudlanuvçilarning 27 nafari muddat ötgani bois oqlangan, beş nafari aybsiz deb topilgandi.

Qamoq jazosiga Siemens kompaniyasining 12 vakili, Gretsiyaning OTE telekommunikatsiya kompaniyasining olti vakili hamda tört nafar bankir va tadbirkorlar hukm qilingan. Jinoyat işining ayrim iştirokçilari Germaniyaga qoçib ketgan, Berlin ularni topşirişni rad etmoqda.

"Boş" Siemens kompaniyasi rahbari Xaynrix fon Pirer 2005 yilda iste'foga çiqişga majbur bölgan, u sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Nemis konserni siyosatçilarni sotib olişda va Gretsiyaga 2 milliard yevro zarar yetkazişda ayblangan. Siemens 1997 yilda raqamli qurilmalar yetkazib beriş böyiça şartnomani qölga kiritiş uçun önlab million yevro pora bergan.