Tojikistonda 127 yoşli Fotima Mirzoqulova vafot etdi, deb yozmoqda Daily Mail.

Pasportidagi ma'lumotlarga köra, u 1893 yil 13 martda hozirgi Tojikiston hududida tuğilgan. Uning yoşini tasdiqlovçi boşqa hujjatlar töğrisida ma'lumot berilmagan. Agarda Fotima Mirzoqulovaning tuğilgan sanasi haqiqatga mos keladigan bölsa, u dunyodagi eng keksa ayol bölgan hisoblanadi.

Naşrning yozişiça, Mirzaqulova umrining asosiy qismini paxta dalasida ötkazgan. Uning sakkiz farzandi va 200dan ortiq nevara, çevara-evaralari bölgan. 

Fotima Mirzoqulovaning qizlaridan birining aytişiça, u yoşi öttizdan ötganida keçki maktabda bir neça yil öqigan, heç qayerda rasman işlamagan. Katta Farğona kanali qurilişida iştirok etgan.

Dunyodagi eng keksa ayol sifatida yaponiyalik 117 yoşli Kane Tanaka qayd etilgan bölib, uning 1903 yil 2 yanvarda tuğilganligi köplab hujjatlar bilan tasdiqlangan.