Yevropada qişki transferlarning sönggi haftasidagi 10ta asosiy intriga
|17:50 / 26.01.202028 36612 min
Yevropada qişki transferlar yakuniga yetmoqda. 31 yanvar kuni kuçli beşlik çempionatlarida transferlar dariçasi yopiladi.
Avvallari qanday bölgan?
Qayd etiş kerakki, Yevropada yanvar oyidagi transferlar — hamişa ham yodda qolarli transferlar böla olmaydi. Qişda katta transferlar amalga oşirilişi — kam uçraydigan holat. Albatta, istisnolar ham böladi. Masalan, 2011 yil yanvarida «Çelsi» «Liverpul»dan Fernando Torresni 50 million funtga (58,5 million yevro) sotib olgandi — öşanda bu ingliz klublari uçun rekord bölgan, futbol tarixida esa 6-örinda qayd etilgandi.
Ammo, masalan, ötgan yilda APLda qişdagi eng yirik transfer Migel Almironning «Atlanta»dan (Italiyaning «Atalanta»si emas) «Nyukasl»ga 20 million funtga ötgani bölgandi. Bu 8 yildagi inflatsiya darajasi va ikkita köpmilliardli teleşartnomalar tufayli Angliya klublarining daromadlari ösişi evaziga bölgandi. Şuningdek, «Lester» «Monako»dan Yuri Tilemansni safiga qöşib olgan, «MYu» Marvon Fellaynini Xitoyga jönatgan edi.
2019 yil yanvarida APL klublari yangi xaridlar uçun jami 191 million yevro sarflaşgan, bu pullar atigi 29 futbolçi uçun sarflangandi. Taqqoslaş uçun, 2018 yil yozida ingliz klublarining transferlar uçun umumiy xarajati qariyb bir yarim milliard yevroga yetgandi — 1,421.
Şunga öxşaş holat boşqa top-çempionatlarda ham kuzatiladi. Ispaniyadagi klublar 2019 yil yanvarida yangi futbolçilar uçun jami 72,8 million yevro (35 transfer sarflagan). Italiyada — 146 million yevro (29ta transfer), bu mablağlarning yarmi «Milan» tomonidan sarflangan, klub Lukas Paketa va Kşiştof Pyontek uçun 38 million yevrodan tölagandi. Germaniyada — 73,6 million yevro (21ta transfer). Fransiyada — 86,7 million yevro (33ta transfer), ammo bu mablağning qariyb yarmi — Leandro Paredesning «Zenit»dan «PSJ»ga transfer bölişi uçun sarflangan, törtdan bir qismi esa — ligani tark etişdan qutulib qoliş uçun yangi tarkib yiğişga kirişgan «Monako» hissasiga töğri kelgan.
2020 yilgi qişki transferlar oynasida hozirça juda katta transferlar bölmadi, ammo transferlarning sönggi kuniga qadar bunga umid saqlanib qoladi.
«Barselona» Eriksenni öziga oğdira oladimi?
Foto: Stephen Pond/Getty Images
Kristian Eriksen qişda «Tottenhem»ni tark etişiga şubha yöq. Daniyalik futbolçi ötgan yil yozidayoq klubdan ketişga harakat qilgan, ammo negadir klubdagilar uni olib qolişgandi. Ammo bundan heç bir naf bölmadi – mavsumning birinçi qismida uşbu yarimhimoyaçi klub uçun öynaşni istamayotganini bildirib qöydi.
Mavzuga oid
Ayni vaqtda Eriksenga asosiy da'vogar – Milanning «Inter» klubidir. Italiyadagi nufuzli La Gazzetta dello Sport naşri qora-köklar daniyalik futbolçi transferini 27 yanvar kuni e'lon qilişi, uning transferi italyanlar klubiga 20 mln yevroga tuşişi haqida xabar tarqatdi. Ammo Britaniyadagi yana bir işonçli naşr bölmiş Sky Spors naşrining tasdiqlaşiça, Eriksenni «Barselona» öz safiga qöşib oladi.
«PSJ» Kavanini qöyib yuboradimi?
Foto: Xavier Laine/Getty Images
Urugvaylik forvard hozirça «PSJ» «turmasida çirimoqda». Parijliklar klubi Edinson Kavanini zaxira örindiğiga ötirğizib qöyişgan va na uni sotişga rozi bölişmoqda, na u bilan şartnomani uzaytirişmoqda. Holbuki futbolçining amaldagi şartnomasi muddati şu yilning yozida yakuniga yetadi.
«Ular futbolçiga notöğri munosabatda bölişmoqda, u «Pari Sen-Jyermen» uçun nimalar qilganini hisobga olişmayapti… Men xafaman, ular juda yomon munosabatda», — deydi hujumçining onasi.
Yanvar oyi boşida «Atletiko» forvard uçun 10 mln yevro taklif qilgandi, ammo «PSJ» rad etdi – fransuz klubi bosslari futbolçiga köproq narx berilişini kutişmoqda. Bir hafta oldin Edison uçun kuraşga «Çelsi» ham qöşildi. Bundan taşqari, «Atletiko» öz taklifini moliyaviy jihatdan yaxşiladi. Endi Kavani klubi rahbariyatining oçközlik örniga soğlom aql bilan qaror qabul qilişini kutmoqda.
Jiru qayoqqa yöl oladi?
Jahon çempioni bölgan uşbu hujumçi Frenk Lempard jamoasida hatto ikkinçi emas, uçinçi forvard bölib qoldi. London klubida Jiru deyarli öyin amaliyotiga ega bölmayapti va ketişni istamoqda. Hozirda uşbu fransuz uçun «Bordo», «Aston Villa» va «Yuventus» klublari ham da'vogar bölib turibdi. Ammo futbolçi uçun asosiy da'vogar «Inter» hisoblanadi. Lempard hujumçini qöyib yuborişga qarşi emas, ammo ma'lum şartlar evaziga.
«Biz Olive bilan gaplaşdik va bir xulosaga keldik, ammo kelişuvdan hamma rozi bölişi kerak: futbolçining özi ham, men ham, klub ham, jamoadagilar ham. Köramiz bundan nima çiqarkin», — deydi angliyalik murabbiy.
Transfer taqiqi yeçilgan «Çelsi» Çalovni sotib oladimi?
Ötgan yilning dekabr oyi boşida Sport arbitraj sudi (CAS) «Çelsi» uçun transfer taqiqini ikki transfer oynasidan bittaga tuşirdi va endi bu qişda «köklar» yangi futbolçilarni xarid qiliş imkoniyatiga ega bölişdi. Lekin londonliklar hozirça faqat Norvegiya yoşlar jamoasining 16 yoşli forvardi Brayan Fyabemuni safga qöşib olgan. Ingliz klubi Lempard yarim yilda qurgan jamoaga zarar yetkazib qöymaslik uçun transfer bozorida ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Jamoada pozitsiyalar böyiça yaqqol muammolar yöq – faqat muayyan nuqtalarni kuçaytirişga zarurat bor.
Yuqorida «Çelsi»ning Kavaniga qiziqişi haqida yozildi. Londonliklar Sanço, Isko, Mertens, Dembele, Zaa, Poup va hatto rossiyalik hujumçi Fyodor Çalovga ham qiziqişmoqda. Köramiz, bu futbolçilarning qaysi biri köklar safida paydo bölar ekan.
«MYu»da yana transferlar barbod böladimi?
«Mançester Yunayted»ning «Byornli»dan mağlubiyatidan keyin mankunianliklarning sobiq futbolçilaridan biri Rio Ferdinand şunday dedi: «Jamoaga kelgan ba'zi futbolçilarga qarab şunday öy keladi: ular «MYu»ning haqiqiy futbolçilarimi? Ularni kim sotib olgan – murabbiy yoki klub? Bu tarkibni yiğiş uçun 600 mln funt sarflandi, lekin mavsumdagi eng yaxşi futbolçilar klub tarbiyalanuvçilari bölib çiqmoqda. Bu şuni anglatadiki, bu tarkibni yiqqan odam öz işini töğri bajarmagan».
Çindanam «MYu»ning sönggi beş yildagi omadli transferlari bir kaftdagi barmoqlar bilan sanagulik. «Qizil iblislar» tez-tez qimmatbaho futbolçilarni xarid qilişadi, lekin bu futbolçilar sarflangan mablağlarni oqlaşmaydi. Hozirda mankunianliklar nişonida «Sporting» yetakçisi Brunu Fernandeş, şuningdek jarohat olib safdan çiqqan Reşford örniga Slimani («Monako») va Igalo (Xitoy çempionati) turibdi.
«Barselona» himoya çiziği qanday özgaradi?
Qişda «Barsa» himoyasida jiddiy özgarişlar kutilmoqda. Kataloniyaliklar bu mavsumda Primeroning atigi 5 öyinida maydonga tuşgan Samuel Yumtitidan xalos bölişmoqçi (fransuz himoyaçiga «Arsenal», «MYu» va «Siti» kabi klublar da'vogar), uning örniga yoş va istiqbolli markaziy himoyaçi sotib oliş rejalaştirilgan. Katalon klubi «Leypsig»dan 21 yoşli Dayo Upamekano va «Koritba»dan 17 yoşli Yan Koutoni sotib olişni rejalaştirişgan. Sport.es naşri ma'lumotiga köra, «Barsa» brazil klubi bilan yoş futbolçi transfer masalasini hal qilgan. Ammo oldindagi hafta içida klub himoyasini çindan kuçaytiradigan futbolçi ham keladimi?
Obameyang «Arsenal»dan ketadimi?
Foto: Julian Finney/Getty Images
Yevropada qişki transferlar yakuniga 10 kun vaqt qolganida Mundo Deportivo naşri «Barselona»ning «Arsenal»ning gabonlik forvardiga qiziqişi mavjudligi haqidagi insaydni tarqatdi. Manba ma'lumotiga köra, katalonlar Obameyangni oğir jarohat tufayli uzoq vaqtga safdan çiqqa Suaresga örinbosar sifatida körişmoqda. Keyinroq naşr yanada batafsil ma'lumot berdi. Unga köra, Obameyang göyoki katalonlar safiga ötişga rozilik bildirgan va transfer şu qişdayoq amalga oşadi. Bu ma'lumot qançalik haqiqatga yaqinligini bir hafta içida bilib olamiz.
«Siti» himoyasini kim kuçaytiradi?
APL turnir jadvalida «Liverpul» va «Siti» örtasidagi ulkan farq — nafaqat Klopp jamoasining aqlbovar qilmas öyini tufayli, balki Mançester klubidagi jiddiy muammolar tufayli hamdir. Gvardiolaga markaziy himoyaçilar saviyasi xalal bermoqda. Hozirda «Siti»da atigi 4 nafar nominal markaziy himoyaçi bor. Lekin ularning ikkisi mavsumning asosiy qismida maydonga tuşa olişmadi: Laport jarohatlangan, Garsiya esa top-klubning asosiy tarkibida öynaş uçun hali yoşlik qiladi. Bunday vaziyatda «şaharliklar» qişda birinçi navbatda himoya çiziğini kuçaytirişga harakat qilişini kutiş mumkin. Hozirda «Mançester Siti» «Lester»dagi Jonni Evans va Çağlar Suyunçiga, «Barselona»dagi Samuel Yumtitiga, «Leypsig»dagi Dayo Upamekanoga hamda «Benfika»dagi Ruben Diaşga qiziqmoqda.
Gyotse yozgaça «Borussiya» Dortmundda qoladimi?
Foto: Christian Kaspar-Bartke/Bongars/Getty Images
Yozda Mario Gyotsening şartnomasi tugaydi – «Borussiya» yarimhimoyaçiga yangi şartnomaga taklif qilmoqda, ammo maoşi kamaygani uçun futbolçi bu şartnomani rad etmoqda. Endi masala futbolçi klubni qaçon tark etişida qolgan — qişda ma'lum miqdordagi mablağ evaziga yoki yozda erkin agent maqomida tekinga. Marioning xizmatlariga Bundesliganing «Herta» va «Kyoln» klublari qiziqmoqda.
«Milan» Pyontek bilan xayrlaşadimi?
Ibrahimoviç «Milan»ga qaytguniça ham Kşiştof Pyontek doim ham boşlanğiç tarkibda tuşavermayotgandi, şved futbolçisi kelgaç esa u maydonga tuşişni töxtatdi. «Rossoneri»ning A Seriya doirasidagi uçta öyinda ham polyak hujumçi zaxira örindiğida ötirdi. «Kşiştof şunçaki zaxira örindiğida ötira olmaydi, u Yevropa çempionati arafasida yaxşi formada bölişni istaydi. U doimo öyinlarda qatnaşişni istaydi. Agar «Milan»da buning imkoni bölmasa, klubni almaştirişga tayyor», — degan futbolçining otasi Vladislav Pyontek.
Hozirda forvardga qiziqiş bildirgan «Mançester Yunayted», «Tottenhem» va «Atletiko» klublariga milanliklar klubi tomonidan rad javobi berilgan. «Barçasi transferlar oynasining sönggi haftasida hal böladi», — deya işonç bildirgan futbolçining otasi.