Ispaniyalik parhezşunos şifokor Yelena de la Fuente Idalgo qanday qilib erta qarişning oldini oliş mumkinligini aytdi.
"Biz erta qarişning oldini oliş uçun jismoniy maşqlarga zör beramiz, ammo eng asosiysini – töğri parhezni unutamiz", — dedi u La Vanguardia naşriga bergan intervyusida.
Idalgo ovqatlanişda mavsumiy meva-sabzavotlar, dukkaklilar, fermentlangan sut mahsulotlari, masalan yogurt va qatiqqa köproq urğu beriş kerakligini maslahat berdi.
Bundan taşqari, uning ta'kidlaşiça, alkogoldan voz keçiş kerak, çunki alkogol DNKni zararlanişdan himoyalovçi hujayralarni öldiradi.
Parhezşunos kartoşka va tarkibida köp miqdorda transyoğlar bölgan margarin, şakar va tuzni insonni "qarituvçi" mahsulotlar sifatida tilga oldi.












