Bi-bi-si rus xizmati muxbiri Alina Isaçenkoning savollariga London Imperial kolleji tibbiyot fakulteti professori Robin Şattok javob berdi. 

Bi-bi-si: Bu virus 2003 yilda 813 kişining ölimiga olib kelgan ötkir respirator sindromli koronavirus, yoki SARS'dan qanday farq qiladi?

Robin Şattok: SARS virusi bilan boğliq holatda avvaliga odamlarda kasallik alomatlari kuzatilgan, söng ular yuqumli bölişgan. Hozirgi koronavirus bilan, bu qöşimça tadqiqotlarni talab qilsa ham, zararlanganda bir neça kun davomida heç qanday alomatlar kuzatilmaydi. Biroq, ular allaqaçon boşqalarga yuqtirişni boşlagan bölişadi.

Agar bu haqiqatan ham şunday bölsa, unda virusning tarqalişini nazorat qiliş ança qiyin böladi, çunki heç qanday alomatlarga ega bölmagan yuqtiruvçi kişilarda infeksiyani, masalan haroratni ölçaş orqali aniqlaş juda qiyin. Ular juda soğlom körinadi, şifokorga murojaat qiliş uçun özlarida zarurat his qilişmaydi, boşqalar bilan erkin muloqot qilişadi, lekin şu bilan birga ular infeksiyaning tez tarqalişiga hissa qöşişi mumkin.

Bi-bi-si: Kimlar xavf ostida?

Xitoydan boşqa davlatlarda ham epidemiya xavfi yuzaga kelgan

R.Ş.: Keksalar, şuningdek nafas oliş tizimi kasalliklaridan aziyat çekuvçilar kasallikning oğir formasiga çaliniş xavfi ostida. Soğlom odamlar uçun bu virus katta muammolar tuğdirmaydi.

Bi-bi-si: Bu degani, agar 30 yoşli va soğlom turmuş tarziga rioya qiluvçi odam virusni yuqtirsa ham ölmaydi, şundaymi?

R.Ş.: Biz heç narsaga kafolat berolmaymiz, albatta. Ammo yoşlarning aksariyatida grippning oğir formasidan unçalik katta farq qilmaydigan örtaça şakldagi alomatlar kuzatilayotganga öxşaydi.