“Ona-tabiat – kuchli. U hech narsaga qaramay, tiklanmoqda”, deb izoh qoldirishgan foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda.
Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari sentyabrdan boshlanib, dekabr oxirida o‘z cho‘qqisiga yetgandi. Ular kuzatuvlar tarixidagi eng vayronkor yong‘inlar bo‘ldi. Yong‘in 20 mln gektar yerning kulini ko‘kka sovurgan. Yong‘inlar 25 kishining va milliardan ko‘proq jonzotning halokatiga olib kelgan. Mutaxassislarning baholashicha, yashil qit'aga tiklanish uchun 100 yilga yaqin vaqt talab etiladi.
Yanvar o‘rtalarida mamlakatda boshlangan kuchli yog‘ingarchilik o‘rmon yong‘inlari tugashiga yordam bergan.


































