Yangi turdagi koronavirus şiddat bilan tarqalib bormoqda. Epidemiya tarqalişining oldini oliş uçun Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Möğuliston va Malayziya Xitoy bilan çegarasini yopdi. Yana qator davlatlar Xitoy fuqarolariga nisbatan viza çeklovlarini joriy etdi. Xitoy turizmining asosiy yönalişlari ham noma'lum muddatga töxtatildi.

Xöş, Özbekiston bunday vaziyatda qanday yöl tutadi? Biz ham çegaralarni yopişimiz kerakmi?

Bu savolga javob oliş uçun Soğliqni saqlaş va Taşqi işlar vazirliklari hamda Davlat bojxona qömitasi mas'ullari bilan boğlandik.

Alişer Şodmonov, Soğliqni saqlaş vaziri:

– Mazkur koronavirusga qarşi kuraş doirasida biz nafaqat Xitoydan keluvçilar, balki barça yönalişlardan davlatimiz hududiga kirib keluvçi yölovçilarni qat'iy nazoratdan ötkazayapmiz. Çegara punktlari teplovizorlar bilan jihozlangan, virus taşişi mumkin bölgan mahsulotlar jiddiy tekşiruvdan ötkaziladi. Aynan virus tarqalgani qayd etilgan hududlardan taşrif buyuruvçilar va kasallikning har qanday belgisi kuzatilgan fuqarolar alohida nazoratga olinadi. Yuqumli kasalliklar şifoxonalarida hududga köra alohida örinlarni şay holda tayyorlab qöyganmiz, zarur dori-darmon zaxiralari yaratilgan.

Endi çegarani yopiş masalasiga kelsak, bu çorani qöllaş vazirligimiz vakolatida emas. Ammo bu borada öz fikrimni aytadigan bölsam, ayni paytda, ya'ni 30 yanvar holatida mamlakatimiz hududida bunday kasallikka çaliniş holati birorta ham kuzatilmaganligiga qaramasdan ehtiyot çoralarini körişimiz lozim. Şaxsan özim yurtimiz fuqarolarining Xitoyga borişini çeklaş bilan bir qatorda, xitoyliklar va boşqa xorijiy davlatlar fuqarolarining uşbu mamlakatdan yurtimizga kirib kelişini vaqtinçalik çeklaş tarafdoriman. Çunki, uşbu virusning havo-tomçi yöli bilan ötişi, odamdan odamga yuqişi, bundan taşqari, kasallik belgilarining yaşirin davri 14 kun davom etişi kasallik tarqaliş xavfini keskin oşiradi.

Qolaversa, hatto tibbiyoti rivojlangan AQŞ, qator Yevropa davlatlari, Osiyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida ham bu kasallik kuzatilayotganligi vaziyatning naqadar jiddiyligini körsatib turibdi.

Nurbek Salomov, Davlat bojxona qömitasi Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi boşliği:

– Xitoy Xalq Respublikasi bilan çegaradoş bölgan Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Afğoniston davlatlari bilan Özbekiston Respublikasini boğlab turuvçi barça çegara-bojxona postlari, şuningdek, xalqaro aeroportlarda fuqarolarni bojxona nazoratidan ötkaziş jarayoni qonunçilik talablariga muvofiq amalga oşirilmoqda.