Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasining ilk yiğilişida qömita raisi Baxtiyor Sayfullayev Prezident murojaatnomasida ta'kidlangan kambağallikni yöqotiş borasida mutasaddilarning vazifasi haqida gapirdi.
«Prezident öz murojaatnomasida birinçi martaa Özbekistonda 4-5 million aholi kambağal ekanligini aytdi. Buning uçun nima qiliş kerak? Davlat rahbari bu muammoga yeçim ham taklif etdi.
Kambağallik darajasini pasaytiriş uçun tadbirkorlik ruhini uyğotiş, insonning içki kuç-quvvati, salohiyatini töla röyobga çiqariş, yangi iş örinlarni yaratiş böyiça komleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oşiriş zarurligi ta'kidlandi.
Hamma ham tadbirkor bölolmaydi. Şunday vaziyatda odamlar bilan tizimli iş olib boriş kerak. Bu maqsadlarni amalga oşiriş uçun 700 million dollar mablağ jalb etilişi közda tutilgan», deydi Baxtiyor Sayfullayev.

Sayfullayevning qöşimça qilişiça, odamlar bilan individual işlaydigan bölsak, şunda tadbirkorlikni örgatib, ularning ongiga singdirişimiz mumkin. Senatorlar odamlarda işbilarmonlik ruhini oşiriş uçun ular bilan tuşuntiriş işlarini olib borişlari zarur.
«Senatorlar «Har bir oila - tadbirkor» davlat dasturi ijrosini töliq nazoratga olişi şart», deya senatorning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












