Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maxsustrans» Shayxontohur tumanida ko‘cha yuzidagi xonadonlarga bepul konteynerlar tarqata boshladi
«Maxsustrans» davlat unitar korxonasi Shayxotohur tumani avtotransport bo‘limi tumanning Nurafshon ko‘chasida joylashgan «Ilg‘or» mahallasi xonadonlariga maishiy chiqindilarni solish uchun maxsus konteynerlar bepul tarqatib chiqdi.
20dan ortiq xonadonlarga tarqatilgan bu konteynerlar 120 litr sig‘imga ega bo‘lib, bu – mazkur xonadonlardan chiqayotgan chiqindilarni ko‘cha yuziga olib chiqib tashlanishini kamaytirish maqsadida qilinmoqda.
«Maxsustrans» bergan ma'lumotga ko‘ra, bu xonadonlardan chiqindi chiqarib tashlanishi signal asosida haftada 2 marotabadan kam bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.



«Avvallari mazkur xonadonlardan chiqayotgan chiqindilar shoh ko‘cha yuziga olib chiqib tashlanib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘lgan. Ushbu sinov tajriba muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda, mazkur amaliyot qolgan shoh ko‘chalarga ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:08 / 12.02.2026
Sergelida chiqindi tashuvchi mashina yonib ketdi
14:47 / 27.10.2025
O‘zbekiston va Rhenus konteyner yo‘laklarini rivojlantirish rejasini kelishib oldi
11:52 / 16.08.2025
“Maxsustrans” ahvoli juda yomon – korxona 45 mlrd so‘m zararda” – Toshkent shahar hokimi
14:24 / 11.07.2025