Virus Xitoyning barça hududlarini qamrab oldi, şu kungaça koronavirusdan çetda qolayotgan Tibetda ham virus aniqlandi. Infeksiya Xitoydan taşqari yana 16 mamlakatda qayd etilgan.

Hozirça Özbekistonda virusdan zararlaniş holati yöq. Qator davlatlar Xitoy bilan çegaralarini yopmoqda, vizasiz rejimni bekor qilgan, köplab aviakompaniyalar Xitoy bilan aviaqatnovlarni töxtatgan. Hozirça Özbekiston hukumati bunday çoralarni qöllamadi. Taşqi işlar vazirligi Xitoydagi, xususan, virus öçoği bölmiş Uxanda qolayotgan özbekistonliklar bilan doimiy aloqada bölib turibdi, mamlakatdagi barça çegara punktlarida, jumladan, aeroportlarda qat'iy nazorat örnatilgan.

Kruiz layneri
Payşanba kuni Italiya hukumati bortida 6 ming yölovçi bölgan «Kosta Smeralda» kruiz laynerini ehtimoliy koronavirus tahdidi sababli Rim yaqinidagi Çivitavekkya portida töxtatib, yopib qöydi. Kemadagi barça yölovçilar qirğoqqa çiqişi taqiqlangan.

Içida 6 ming kişi bölgan kruiz layneri koronavirus xavfi tufayli bloklab qöyildi / REUTERS

Kruiz layneri bortida bölgan xitoylik juftlikda isitma kuzatilgan va nafas oliş yöllarida muammolar yuzaga kelgan, şu munosabat bilan ularda koronavirus bor-yöqligini aniqlaş maqsadida tekşiruvlar olib borilmoqda. Bu taqiq xitoylik yölovçilarning taşxis natijalari çiqquniga qadar amalda böladi.

Reyter naşrining yozişiça, xitoylik juftlik 25 yanvar kuni Italiyaga kelgan va şu kuni «Kosta Smeralda»ga çiqqan. Ularda yuqori harorat kuzatilgan va va nafas oliş bilan muammolar bölgan; hozirda ular kemadagi sanitar izolyatorga joylaştirilgan. Kruiz layneri bungaça Marsel, Barselona va Malorka şaharlarida bölgan edi.