Biz koronavirus borasida Xitoy va uning taşqarisida maşhur bölgan miş-mişlarni bir yerga jamladik.
1. «Koronavirus banan bilan birga kirib kelmoqda»
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar koronavirusni banan yoki boşqa mevalar orqali yuqtirib oliş mumkinligi haqidagi vahimali xabarlarga tölib ketdi. Ulardan ba'zilarini asliça quyida keltiramiz:



Matnlarning ba'zi talqinlarida ma'lumot «Sinxua kasalxonasining Çunmin bölimidan kelgani» aytiladi. Bunday şifoxona haqiqatan ham mavjud va Uxanda joylaşgan.
Biroq, Xitoyda yoki undan taşqarida biror mutaxassis, rasmiy yoki siyosatçi virusni mevaga boğlagani yöq. Bundan taşqari, miş-mişlarda virusning ştammi notöğri körsatilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, 2019-nCoV ştammli virus havo-tomçi yöli va köz orqali yuqişi mumkinligi isbotlandi. Virus inson yoki hayvonlar organizmidan taşqarida, masalan mevada, heç bölmaganda hozirgi holatdagi kabi, yaşay olmaydi.
2. AliExpress jönatmalari

Xuddi yuqoridagi kabi miş-miş: virus Xitoyda işlab çiqarilgan yangi quloqçin yoki robot çangyutgiçi bilan kelişi mumkin emiş.
Uxanda virus tarqalişining dastlabki kunlarida AliExpress özining barça jönatmalari sanitariya nuqtayi nazaridan toza deb da'vo qilişga majbur böldi.
Bir neça kun ötgaç, Rossiyadagi naşrlar ruslar AliExpress'dan narsa sotib olişdan boş tortişayotgani haqida xabar berişdi. Kompaniya buni tasdiqlamadi.













