Energetika vaziri Alişer Sultonov bugun, 1 fevral kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat universitetining Toşkentdagi filialida bölib, yoşlar, öqituvçilar va OAV vakillari bilan uçraşdi.

Uçraşuv davomida Sultonovga: «Energetika sohasini 5 yildan keyin qanday tasavvur qilasiz?» degan savol bilan murojaat qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Men 5 yil emas, 10 yil keyin – 2030 yil töğrisida gapirsam. Sababi aynan 2030 yilga möljallangan ulkan rejalar tuzganmiz. Prezident topşiriqlarida ham 2030 yilgaça bölgan strategiyamiz belgilab berilgan.

Aytişim mumkinki, 2030 yilda biz umumiy olinayotgan energiya hajmidagi qayta tiklanuvçi energiya hissasini 30 foizga yetkazmoqçimiz. Şuni ta'kidlaşni istardim, köpçilik davlatlar, xususan qöşnilarimiz ham hali bunday körsatkiç bilan maqtana olmaydi. Bizda yilning 160 kuni quyoşli, şamolli. Hududlarimiz ham köp va bundan samarali foydalanişimiz kerak.

Qolaversa, bu yil Prezidentimiz tomonidan «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili» deb e'lon qilindi. Biz sohamizni raqamli tizimga ötkaziş böyiça ham yetakçi bölişimiz kerak», – dedi Alişer Sultonov.

Energetika vaziri öz nutqida prezident murojaatidan kelib çiqadigan vazifalar, soha muammolarini yeçişda yoşlarning örni, vazirlik amalga oşirmoqçi bölgan rejalarga töxtalib ötdi. Yoş mutaxassislar va talabalarning yangi loyihalari, xalqaro olimpiadalarda qatnaşiş, sport komplekslari faoliyatini yölga qöyiş kabi taşabbuslarini qöllab-quvvatladi.