Toşkent şahrida qabriston buzilib, örnida qandaydir tadbirkorlar quriliş boşlagani, qabrlar örni ekskavatorlar yordamida surib taşlanayotganda odam suyagi çiqqani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar jamoatçilikni junbişga keltirdi. Kun.uz muxbiri hodisa joyida bölib, voqea aslida qanday bölganini örgandi hamda şu yerda yaşovçilar va mutasaddilar bilan suhbatlaşdi.

Ma'lum bölişiça, ayni vaqtda suyak parçasi ekspertizaga topşirilgan. Qabristondagi eski masjid örniga yangisi qurilmoqda, bu işlar qabristonga ta'sir qilmasligi aytildi.

Baxtiyor Qosimov

«Qabriston buzilibdi degan xabarni eşitib, bu yerni öz közim bilan körişga keldim. Oilamizga tegişli hilxona joyida turgan ekan. Xudoga şukr, tegişmabdi.

Nahotki qabrlarni buzvorişgan bölsa deb rosa xavotir bilan kelgandim. Bir paytlar bu yerni Qurolli kuçlar akademiyasi olarmiş degan gap-sözlar ham tarqagandi. Keçagi videolardan keyin miyaga şu narsa urib qoldi. Şu gap rost bölib çiqibdi-da deb yugurib keldim. Yöq, eski masjid buzilib, yangisi qurilayotgan ekan, xotirjam bölib qaytib ketyapman», deydi Baxtiyor Qosimov.

Dildora Şamsiyeva

«Keça tarqalgan videolarni körib keçasi bilan mazamiz bölmadi, uxlolmay çiqdik. Keçasi opamga, akamga telefon qildim. Mana, ertalabdan qabristonga yetib keldik. Otamning qabrlari joyida turgan ekan. Ekskavatorlar qabriston çegarasigaça qazişibdi, xolos. Internetda tarqalgan videolarda qabrlar buzib taşlandi deyilgan edi.

Bu yerlar taşlandiqmas, qarovli joy. Qabrlar ham eski qabrlarmas. Biz tez-tez mozorboşiga ziyoratga kelib turamiz. Bolalarimiz masjidga çiqişadi. Hilxonalarimiz bus-butun, kelib-körib xotirjam tortib ketyapmiz», deydi Dildora Şamsiyeva.

«Eski masjidda oxirgi juma uç hafta oldin öqilgandi. Oxirgi jumada masjid buzilişi, örniga keyingi haftadan yangisi qurilişi boşlanişi rasman e'lon qilingan edi. Ungaça namozlarni qöşni mahallalardagi masjidlarda öqib turişimizga töğri kelişi haqida ogohlantirişgan. Şu gap bölganiga men guvohman. Bolaligimiz şu yerda ötgan. Bu yerning har bir qariçini bilaman. Barça qabrlar öz örnida turibdi. Bunga yana bir marta işonç hosil qildik», deydi Baxtiyor Şamsiyev.